Shvetsiya chegarasida “Zombi ovchilari” ushlandi
Olam
−
07 may 2020
10141Shved bojxonalari nemis millatiga mansub er-xotinni chegarada to‘tatishdi. Ularning yonidan qurol-yarog‘ zaxirasi chiqdi. Juftlikning mashinasida “Zombi ovchilari” degan yozuv yopishtirilgan edi. Bu haqda “LAD Bible” yozmoqda
Shuningdek, ularning mashinasidan yana bitta stiker topilgan: “Infeksiyadan zararlanganlarning barchasi otib tashlanadi”, deb yozilgan edi unda. Mashina saloni va yukxonasi tekshirilganda u yerdan o‘qotar qurollar: miltiq, to‘pponcha, arbalet, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ballonlari, zarba berish qurollari va boshqa sovuq qurollar chiqdi.
Shu munosabat bilan Germaniyaning ikki fuqarosi qurol olib kirishga uringani uchun hibsga olingan. Sababi Shvetsiya chegarasida buning uchun ruxsat talab qilinadi. Er-xotinning ta’kidlashicha, o‘qotar qurollar va boshqa narsalar faqat ko‘rgazma uchun bo‘lgan va ulardan foydalanish niyatlari bo‘lmagan.
“So‘roq paytida ular infeksiyaga chalinganlarni otishni rejalashtirganliklari haqida ma’lumot olinmadi”, dedi prokuror.
LiveBarchasi