O‘zbekiston OTMlarida yangi fakultet tashkil etiladi

Jamiyat

image

OTMlarda ekologiya fakultetlari tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni asrash va chiqindilarni boshqarish tartibini takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishlab chiqarish jarayonida ekologik normalarga rioya etish masalalari tahlil qilindi.

Sohada kadrlar siyosati keskin tanqid qilindi. Jumladan, malakali mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot ishlari yetishmasligi, birorta oliy o‘quv yurtida ekologiya bo‘yicha maxsus fakultet yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Tadqiqotlarga grantlar ajratish, ilmiy xodimlar malakasini oshirish, sohaga innovatsion texnologiya va g‘oyalarni jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

“Davlatimiz rahbari tomonidan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishda kadrlar tayyorlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bir necha yillar davomida bu soha uchun kadrlar tayyorlashda muammolar kuzatilgan. Aniq-tiniq tizim yo‘q edi va bu holat Prezident tomonidan adolatli va qattiq tanqidga uchradi. Davlatimiz rahbari universitetlarda ekologiya fakultetlarini tashkil etish, soha uchun alohida ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtini tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi. 

Ekologiyaga uzoq yillar davomida biologiya fanining bir bo‘limi sifatida qaralgan, vaholanki u aslida multidissiplinar fandir va ekologiya fakultetlarini tashkil qilayotganda shularni e’tiborga olish rejalashtirilmoqda. Turli sohalarni ekologiya qamrab oladi, shuning uchun ham multidissiplinardir. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunga qadar zamonaviy moddiy-texnika bazasi va kadrlar yetishmasligi tufayli bu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarida loqaydlik yuzaga keldi. Shuning uchun bugungi kunning dolzarb vazifasi, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, sohaga maqsadli grantlar jalb etish, ularning portfelini shakllantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha kichik startap loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy hamkorlikni kengaytirish, sohaga yosh mutaxassislarni jalb etish va xorijda stajirovka tashkil etishdan iborat”, dedi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing