Koronavirusga qarshi kurash uchun qo‘shimcha shifoxonalar quriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qo‘shimcha binolar quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi besh kun muddatda tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qo‘shimcha ravishda binolar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida, bungacha koronavirusga qarshi kurash doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida karantinga olingan fuqarolarni saqlash uchun maxsus hudud va shifoxona qurish boshlab yuborilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

shifoxona Koronavirius O'zbekistonda

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing