10 yil ichida O‘zbekiston muhojirlar sonini 16,6 foizga qisqartiradi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2019
3684Ish topish, yaxshi daromad qilish orqali oila farovonligini ta’minlash har bir o‘zbekistonlikning maqsadi hisoblanadi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, yildan-yilga O‘zbekiston fuqarolarining mehnat migranti sifatida yo‘l olayotgan davlatlari soni oshib bormoqda. Biroq, mamlakatning o‘zida ish o‘rinlarini yaratish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilyapti.
Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2030 yilga kelib mehnat muhojirlari sonini 2018 yilga nisbatan 16,6 foizga - 1,96 million kishigacha kamaytirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda mamlakatning 2030 yilgacha kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan.
Qayd etilishcha, 2018 yilda 1 million 960 ming kishi xorijdan ish izlab O‘zbekistonni tark etgan.
Loyihaga ko‘ra, 2030 yilda respublikadagi iqtisodiy faol aholi soni 17 foizga o‘sadi — 2018 yildagi 15,099 million kishidan 17,707 milliongacha.
Shu tariqa, muhojirlar soni 2,355 milliondan 1,965 million kishigacha kamayadi, pasayish darajasi 16.6 foizni tashkil qiladi.
2030 yilda O‘zbekistonning o‘rtacha yillik doimiy aholisi soni, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi prognozlariga ko‘ra, 38,6 million kishiga yetadi.
Mehnat migratsiyasini kamaytirish chora-tadbirlari orasida yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun xususiy biznes daromadlariga soliq yukini qisqartirish, yangi korxonalarni asosan mehnat bozorida keskin vaziyat yuzaga kelgan hududlarda joylashtirish, shuningdek, ish beruvchilarni ishchi kuchini jalb qilishga undovchi Mehnat kodeksini qayta ko‘rib chiqish mavjud.
LiveBarchasi