Rossiyaliklar mehnat migrantlarini cheklash istagida

Olam

image

Bugun, 18 sentyabr kuni Rossiyadagi Levada markazi tomonidan  o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini "Interfaks" e’lon qildi. 

So‘rovnomaga ko‘ra mamlakat aholisining qariyb to‘rtdan uch qismi (72 foizi) Rossiya hukumati pul topish uchun Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolarining oqimini cheklashi kerak, degan fikrda. 

Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, Rossiyaning har o‘ninchi fuqarosi teskari nuqtai nazarga ega (so‘rov ishtirokchilarining 9 foizi), respondentlarning 15 foizi hokimiyatning migratsiya siyosatiga befarq.

Tadqiqot ma’lumotlari chet ellik ishchilar oqimini yoqtirmaydigan vatandoshlar sonining o‘sishini ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, 2017 yil iyul oyida bu fikrni ruslarning 58 foizi, 2018 yil 67 foizi bu fikrni yoqlagan.

Bundan tashqari, tadqiqot chet eldan Rossiya Federatsiyasiga mehnat muhojirlarining kirib kelishini yengillashtirish uchun foydali deb hisoblagan ruslar ulushi kamayganini ko‘rsatmoqda: o‘tgan yili respondentlarning 14 foizi shunday deb o‘ylagan.

Tadqiqot shuningdek, hokimiyatning migratsiya siyosatiga befarq bo‘lgan vatandoshlar soni so‘nggi ikki yil ichida ikki baravar kamayganini ko‘rsatdi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

49

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing