Rossiya Kramatorskka 3 ta aviabomba tashladi. Qurbon bor
Olam
−
11:43 578 1 daqiqa
Rossiya qo‘shinlarining Kramatorsk shahriga havo hujumi oqibatida 1 kishi halok bo‘lib, 6 kishi, jumladan, 3 nafar bola yaralandi. Bu haqda “Ukrinform“ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya harbiylari kecha, 23 oktyabr kuni soat 15:44 da Kramatorsk shahriga UMPK boshqaruv tizimi bilan jihozlangan uchta FAB-250 aviabombasini tashlagan. Hujum turar joy hududiga qaratilgan.
Hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. 6 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Ular orasida 45 va 54 yoshli ikki ayol, 47 yoshli erkak hamda uch nafar bola – 7 va 10 yoshli qizlar va 1 yosh-u 10 oylik o‘g‘il bola bor.
Jabrlanganlarga portlash oqibatidagi jarohatlar, bosh miya yopiq shikastlanishi, miya chayqalishi va metall parchalari tegishi bilan bog‘liq jarohatlar tashxisi qo‘yilgan. Ular malakali tibbiy yordam olmoqda.
Zarba oqibatida 27 ta turar joy binosiga zarar yetgan. Yetkazilgan zararning to‘liq ko‘lami aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qo‘shinlarining Kiyevga ballistik raketalar bilan bergan zarbasi oqibatida 1 kishi halok bo‘lib, 22 kishi, jumladan, 4 nafar bola yaralangan edi.
Live
Barchasi23 Oktyabr