O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni yana ortdi. Ularning aksari Tojikistondan kelgan

Jamiyat

image

2020 yil 16 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 taga ko‘payib 2738 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlangan. Ulardan 12 nafari Tojikistondan kelgan bo‘lsa, 4 nafari Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reysi bilan olib kelingan. Shuningdek, kasallik 3 nafar oldindan karantinda bo‘lgan namanganlik fuqarolarda aniqlangan. 

Ayni paytda 2213 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan. 11 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

761

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing