Hamma yo‘llar egallab olingan – Mirziyoyev YeOIIga qo‘shilish sabablariga to‘xtaldi
Jamiyat
−
24 yanvar 2020
11324O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llayotgan murojaatida ham YeOIIga a’zo bo‘lish masalasiga to‘xtaldi. Davlat rahbari bu haqda gapirarkan, a’zolikka asosiy sabab sifatida integratsiya masalasini ko‘rsatdi.
“Bir vaqtlar hamma chegaralarimizni yopib oldik. Buning oqibatida boshqa davlatlar tranzit yo‘llarini egallab oldi. O‘zbekistonga keladigan pulni boshqa davlatlarga to‘lab tranzit yo‘lidan foydalanib kelindi. Yo‘llarni ochdik, tranzit salohiyati 9 mlnga yetdi. Imkoniyatimiz esa 16 mln tonna. Nimaga buni Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, Transport vaziri o‘ylamayapti. Hammamiz uxlab o‘tiribmiz”, deydi davlat rahbari.
Prezident so‘zida davom etarkan, Transport vaziri yangi temir yo‘llar ustida boshqa qotirishi zarurligini qayd etdi.
“Mas’ullar o‘zimizning tadbirkorlarning yuk tashish haqini 10 foiz ko‘paytiraylik degan o‘yda yuribdi. Aksincha, ularga har yili narxlarni arzon qilib borishimiz kerak”, deydi Prezident.
Bu yo‘nalishda mamlakat 20-25 yilga ortda qolgani qayd etildi.
“Hamma yo‘llar egallab bo‘lingan. Lekin yo‘limizni tomoshimiz kerak. Busiz eskport va iportimiz arzon bo‘lmaydi”.
Davlat rahbari O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi bo‘yicha 1 yildan buyon muzokaralar davom etayotganini qayd etib, a’zolikka asosiy sabablarni keltirdi.
“Import va eksportimizx Qozog‘iston va Rossiyaning tranzit yo‘llari orqali o‘tadi. Qolaversa, aholimizning ko‘p qismi Rossiya va Qozog‘istonda ishlamoqda. Shularni inobatga olib, YeOIIga a’zolik masalasini ko‘rib chiqyapmiz”, deydi Mirziyoyev.
Prezidentning qayd etishicha, YeOIIga a’zolik masalasida xalqning manfaatlaridan kelib chiqib, ularning xohish irodasiga tayaniladi. Shuning uchun deputat va senatorlar ushbu masalani atroflicha muhokama qilib, har bir masala bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olgan holda asoslangan xulosalarni aytishi kerak.
“Deputatlar nima desa, shu bo‘ladi. Qo‘lga qalam olib hisob-kitob qilinglar. Men aytgan masalalarni ham albatta, inobatga olish shart”, deydi davlat rahbari.
LiveBarchasi