Telegram video qo‘ng‘iroqlarni joriy qilishni rejalashtirmoqda
Texnologiya
−
25 aprel 2020
80312020 yil oxirigacha Telegram orqali video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga imkoni paydo bo‘ladi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda videokonferensiyalarni o‘tkazish uchun qulay va xavfsiz dasturga ehtiyoj bor. Uning aytishicha, hozirgi vaqtda bu ikki jihatga ega bo‘lgan dastur yo‘q.
“Hozirgi global izolyatsiya davrida ishonchli video aloqa vositasiga ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ldi. Xavfsiz yoki qulay bo‘lgan dasturlar mavjud. Ammo ikkala jihatga ega bo‘lgan dastur mavjud emas. Biz buni to‘g‘rilamoqchimiz va biz sizga 2020 yilda xavfsiz guruhli video qo‘ng‘iroqlar imkoniyatini taqdim etamiz“, deydi Durov.
Ma’lum qilinishicha, Telegram tarmog‘ining auditoriyasi 400 million foydalanuvchini tashkil etadi. Durov ta’kidlashicha, COVID-19 epidemiyasi tarqalishi va cheklov choralari joriy etilgandan so‘ng, har kuni foydalanuvchilarning soni 1,5 millionga ko‘paymoqda.
Durovning videomuloqotga qiziqishi, yaqinda Zoom video qo‘ng‘iroq dasturining mashhurligi oshishi bilan bog‘liq. Ushbu ilova cheklov choralari davrida keng auditoriyaga ega bo‘ldi. Biroq, Zoom ma’lumotlarni shifrlash protokollari ishonchsizligi uchun tanqid qilinmoqda. Xususan, Indoneziya hukumati ushbu dastur orqali rasmiy uchrashuvlarni o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi.
LiveBarchasi