Dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi
Olam
−
30 Oktabr 2019
17127Rossiyaning Astraxan viloyatidagi Alcha qishlog‘ida yashovchi Tanzilya Bisembeyeva 125 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Baybek qishloq kengashi rahbari Elman Takiyev tayanib xabar bermoqda.
Shu yilning yanvar oyidan boshlab Tanziliya Bisembayeyeva dunyodagi eng keksa odam deb hisoblangan.
"So‘nggi uch oy ichida u to‘shagidan turmadi, 25 oktyabr kuni xotirjam vafot etdi. Bisembeva 1896 yilda podsho Rossiyasida tug‘ilgan, sakkiz farzandning to‘ng‘ichi edi. U bir nechta inqiloblardan, Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlaridan, SSSR parchalanishidan omon qoldi", deyiladi xabarda.
Ayni paytda Ginnesning rekordlar kitobi versiyasiga ko‘ra, yaponiyalik Kane Tanaka eng keksa ayol maqomiga ega bo‘lib turibdi. U 116 yoshda.
LiveBarchasi