Rossiya Ukrainaga ilk bor qit’alararo ballistik raketa bilan hujum qildi
Olam
−
21 noyabr
14990Bugun, 21 noyabr kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga qit’alararo ballistik, aeroballistik va qanotli raketalar bilan hujum qildi. Bu haqda Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qit’alararo ballistik raketa Rossiyaning Astraxan viloyatidan, X-47M2 “Kinjal” aeroballistik raketasi Tambov viloyatidan, X-101 qanotli raketalari Volgograd viloyatidan uchirilgan.
Zenitga qarshi janglar natijasida zenit-raketa bo‘linmalari 7 ta Kh-101 raketalaridan 6 tasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Qit’alararo ballistik raketa – “yer-yer” toifasidagi ballistik raketa bo‘lib, uchish masofasi kamida 5500 kilometrdan 9000 kilometrgacha masofadagi nishonlarni, ya’ni boshqa qit’alardagi nishonlarni ham urish imkoniyatiga ega. Ushbu toifadagi raketalar odatda yadro kallaklari bilan jihozlangan va uzoq masofalarda joylashgan strategik muhim dushman nishonlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
SNN ta’kidlashicha, agar bu ma’lumot tasdiqlansa, Rossiya butun urush davomida birinchi marta bu turdagi raketadan foydalangan hisoblanadi.
Dnepr viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Sergey Lisakning aytishicha, raketa zarbasi paytida Dneprdagi sanoat korxonasi, nogironlar uchun reabilitatsiya markazi, shaxsiy uylar va boshqa bir qancha joylar shikastlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi jarohatlangan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa Dneprdagi raketa hujumi haqidagi ma’lumotga hali izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Mudofaa kuchlari birinchi marta ATACMS ballistik raketalari bilan Rossiya hududiga hujum qilgandi va u nishonga muvaffaqiyatli urilgandi. Zarba Bryansk viloyatining Karachev shahri yaqinidagi harbiy ob’ektga berilgandi.
LiveBarchasi