Qanday bema’nilik?! – Putin Sobiq Ittifoq urush boshlagani haqidagi ayblovlarga javob berdi
Olam
−
08 may 2020
20310Sobiq Ittifoqni Ikkinchi Jahon urushiga tayyorgarlik ko‘rish va boshlashga ayblash bema’nilikdir. Rossiya urushni boshlash uchun aybdorlik hissini tuymaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Qirq birinchi yilning 22 iyunida kimga kim hujum qildi?! Biz Germaniyaga hujum qildikmi yoki Germaniya bizga hujum qildimi? Qanday bema’nilik?!“, deydi Putin.
Prezident, shuningdek, Rossiya Ikkinchi Jahon urushida aybdorlik hissi tuymasligini va tarixni qayta yozishga urinish uchun bahona yo‘qligini ta’kidladi.
Rossiya hukumati bir necha Yevropa mamlakatlarining tarixni, xususan, Ikkinchi Jahon urushi voqealarini qayta yozishni istashini bir necha bor ta’kidlagan. Yanvar oyida Polsha Seym rezolyutsiyani qabul qildi. Unda Sovet Ittifoqining Ikkinchi Jahon urushi boshlanganligi uchun javobgarligini Germaniyaning javobgarligiga tenglashtirdi.
Davlat Dumasi ushbu qarorni “kollektiv ahmoqlik“ deb atadi va Prezident Vladimir Putin Rossiya tarixni buzish uchun har qanday urinishlarni fosh etishini va hech kimni nomini mamlakatning qahramonlik yillarini o‘chirishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.
LiveBarchasi