Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
25 Sentabr 2020
20538Bugun, 25 sentyabr kuni, Namangan viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Shavkatjon Abdurazzoqov 1976 yilda tug‘ilgan. Namangan muhandislik-texnologiya institutini 1998 yilda hamda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini 2006 yilda tamomlagan. 2015−2017 yillarda Namangan tumani hokimi bo‘lib ishlagan. So‘ngra 2017-2020 yillarda Namangan shahar hokimi lavozimida ishlagan. 2020 yil mart oyidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Viloyatning sobiq hokimi Xayrulla Bozor esa Farg‘ona viloyatiga rahbar bo‘lishi kutilyapti. O‘z navbatida, Farg‘ona viloyatining sobiq rahbari Shuhrat G‘aniyevning boshqa ishga o‘tgani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr