46 mln.ga “stoyanka” olaman degan tadbirkorning xayollari xom bo‘lib chiqdi

Jamiyat

image

Andijonlik 30 yoshli tadbirkor U.X. avtomashinalar turar joyini sotib olishni maqsad qilib yurardi. Bu masalada unga 34 yoshli M.N. “yordam bermoqchi” bo‘ladi. Shu sabab oldi-sotdi ishlariga deb, 2019 yil noyabr oyida U.X. dan naqd 46 200 000 so‘m sanab oladi. Ammo pullar ham, M.N. ham havoda bug‘langandek g‘oyib bo‘ladi.

Oqibatda tadbirkor U.X. voqea yuzasidan viloyat IIB ga ariza bilan murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Respublika IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Andijon shahri IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-kismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing