Qozog‘istonda o‘zbekistonlikni avtobus urib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yil 22 avgustdan 23 avgustga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Turkiston viloyatining Yopkendi posyolkasidan o‘tuvchi Turkiston – Chimkent avtotrassasida O‘zbekiston fuqarosi E.A. avtobus urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Olma ota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga asoslanib xabar bermoqda.

Yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha jinoiy ish ochilib,  tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va Qozog‘istonning Turkiston viloyati huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi:  +7-727-291-11-78.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing