Ukraina harbiylari Donbasda ommaviy mushtlashuv o‘tkazdi

Olam

image

Donbasda Ukraina Qurolli kuchlarining piyoda askarlari va parashyutchilari o‘zaro jang qildi. Bu haqda RIA Novosti tan olinmagan Lugansk Xalq Respublikasi politsiyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda. 

To‘qnashuvga ichki mojaro sabab bo‘lgan. 15 kishi jarohatlangan, ularga gematoma va singan tashxis qo‘yilgan. Bir askar qorin bo‘shlig‘iga chuqur jarohat yetkazilgan. Brigada qo‘mondoni nima bo‘lganini rahbariyatdan yashirishga uringan, ammo harbiylarning qarindoshlari voqea haqida bilib olgan. Ular bu haqda Mudofaa ishonch telefoniga xabar bergan.

Hozirda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining komissiyasi tekshiruv boshlagan.

Ma’lumot uchun, 2014 yil aprel oyida Ukrainaning Lugansk viloyati o‘zini Lugansk xalq respublikasi deb e’lon qilgan. Ukraina Lugansk va Donetskdagi ayirmachilarga qarshi kurashib keladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Lugansk

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing