Sham zavodidagi yirik yong‘inda o‘zbekistonlik jabrlandi (video)
Jamiyat
−
26 avgust 2019 8065 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 22 avgust kuni Sankt-Peterburgdagi sham zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida 2 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi A. O. jarohatlandi. Ular I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilgan. Kuyish natijasida jarohat olgan o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan.
Live
BarchasiToshkentdagi uyga o‘t ketdi
14 iyul