Tramp Jon Boltonni ishdan oldi. U to‘rtinchi bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 10 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni lavozimidan ozod qildi. Prezident Administratsiyasi maslahatchining ko‘plab fikrlariga qarshi bo‘lgan.

“Men Jondan lavozimini tark etishini so‘radim va uning iste’fosini qabul qildim. Jonning xizmatlaridan minnatdorman. Milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchini kelasi hafta tayinlayman”, deb yozgan Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Maslahatchining vazifasini vaqtincha bajarish Jon Boltonning o‘rinbosari Charli Kuppermenga topshirilgan. U faoliyati davomida Mudofaa vazirligining yirik pudratchilari – Lockheed Martin va Boeing kompaniyalarida yuqori lavozimlarda ishlagan.

70 yoshli Jon Bolton 2018 yil aprel oyida AQSH Prezidentiga maslahatchi bo‘lgandi. U Donald Tramp ishdan olayotgan to‘rtinchi milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi bo‘ldi. Avvalroq, Prezident Administratsiyasida bu lavozimda Syuzan Rays, Maykl Flinn va Gerbert Makmaster faoliyat olib borgandi.

Jon Bolton Prezident maslahatchisi etib tayinlanishidan avval AQSHning BMTdagi vakili, Davlat kotibining yordamchisi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jon Bolton Donal'd Tramp

Baholaganlar

43

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing