“Kunchiqar” mamlakat Hukumatsiz qoldi

Olam

image

Bugun, 11 sentyabr kuni Yaponiya Hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar berdi.

Bosh vazir Sindzo Abe o‘z Hukumati a’zolarining iste’fo arizalarini qabul qilib oldi.

Bunga Abe partiyasining Yaponiya parlamentining yuqori palatasi uchun o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozonishi va oktyabr oyida iste’mol soliqlarining 10 foiz oshirilishidan avval tarkibni yangilash bo‘yicha rejalar sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hukumat bosh kotibi Yosixide Suga va Moliya vaziri Taro Aso o‘z lavozimida qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Sindzo Abe

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing