Husniddin Norbekov 4 karra jahon chempioniga aylandi

Sport

image

Bugun, 23 may kuni Yaponiya mezbonlik qilayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Husniddin Norbekov oltin medalga sazovor bo‘ldi.  Bu haqda O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Husniddin Norbekov 16,37 metr natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi va faoliyati davomida to‘rtinchi marta jahon chempioni bo‘ldi.

Bungacha Norbekov 2015 yil Dohada, 2017 yil Londonda va 2019 yil Dubayda o‘tkazilgan dunyo birinchiligida zafar quchgan. Shuningdek, u Paralimpiada o‘yinlarining 2 ta yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Husniddin Norbekov Paralimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made