Husiylar Qizil dengizda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi internet kabellarini uzib qo‘ydi
Olam
−
05 mart
12773Yamandagi husiylar Qizil dengiz ostidan o‘tadigan global internet va telekommunikatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan uchta kabelni uzgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Bu qanday sodir bo‘lganligi noma’lumligicha qolmoqda, biroq husiylar Isroilni G‘azo sektorida HAMAS bilan urushni tugatishga majbur qilish uchun Adan ko‘rfazidagi tijorat kemalari va konteyner kemalariga raketa hujumlarini uyushtirishda davom etmoqda.
Gonkongda joylashgan HGS Global Communication Limited kompaniyasining ma’lum qilishicha, shikastlangan kabellar Yevropa, Osiyo va Afrikani bog‘lagan va Qizil dengiz orqali o‘tadigan trafikning 25 foizini tashkil qilgan.
Gap Osiyo-Afrika-Yevropa 1 (AAE-1), Europe India Gateway va Seacom-TGN-Gulf aloqa liniyalari haqida bormoqda. Natijada HGS ma’lumotlar oqimini boshqa kanallar orqali yo‘naltirishga majbur bo‘ldi, biroq ba’zi axborot xizmatlari hali ham uzilib qoldi.
“Dastlabki tahlillar shuni ko‘rsatdiki, shikastlangan kabel segmentlari Yaman yurisdiksiyasi ostidagi Qizil dengizning janubida joylashgan”, deyiladi HGC bayonotida.
Seacom-TGN-Gulf bilan bog‘liq telekom kompaniyasi Tata Communications" zudlik bilan tuzatish choralarini boshlaganini" bildirdi. Kabellarga ega bo‘lgan boshqa kompaniyalar vaziyatni izohlamadi.
“Associated Press” ma’lumotlariga ko‘ra, liniyalar 24 fevraldayoq kesilgan bo‘lishi mumkin edi. Ikki kundan keyin Netblocks Internet monitoring tashkiloti Jibutida unga kirishda qiyinchiliklarni qayd etdi. U yerda global tarmoq Seacom kompaniyasining suvosti kabel aloqa tizimi tomonidan ta’minlanadi.
Avvalroq husiylar telekommunikatsiya infratuzilmasiga yetkazilgan zararda ularning pozitsiyalariga hujumlar uyushtirgan AQSH va Buyuk Britaniyani ayblagan edi. Husiylarning dengiz sathidan yuzlab metr pastda joylashgan aloqa liniyalarini ataylab yo‘q qilishga qodir yoki yo‘qligi noma’lum, biroq kabellar ularning hujumiga uchragan kemalarning langarlariga zarar yetkazishi mumkin.
"Bizning jamoamiz mintaqadagi dengiz trafigining zichligi va Qizil dengizning ko‘p qismlaridagi sayoz chuqurliklarni hisobga olgan holda, kabellar bo‘shashgan langar tomonidan ushlangan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi", deb tushuntirdi Seacom.
TeleGeography telekommunikatsiya magistral mutaxassisi Tim Strongning so‘zlariga ko‘ra, Qizil dengiz bo‘ylab 14 ta kabel bor. Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi axborot oqimining 90 foizi Qizil dengizdagi infratuzilma orqali o‘tadi. Shu munosabat bilan yana oltita kabel yotqizilishi rejalashtirilgan, biroq husiylar avvalroq Yaman suvlariga kiruvchi kabel yotqizuvchi har qanday kemadan ishni bajarish uchun ruxsat olishni talab qilgan.
LiveBarchasi