Misrda sayyohlar yaxtasi halokatga uchradi

Olam

image

Misrning Marsa al-Alam shahri yaqinida Qizil dengiz qirg‘og‘ida bortida 45 kishi bo‘lgan sayyohlik yaxtasi halokatga uchradi. Bu haqda “Al-Youm as-Sabia” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bortda 14 ekipaj a’zosi va 31 sayyoh bo‘lgan. Qutqaruvchilar ulardan ba’zilarini topib, qirg‘oqqa olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan, ammo qutqarilganlarning aniq soni hali ochiqlanmagan.

“Voqea sodir bo‘lgan provinsiya rasmiylari vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi va qutqaruv operatsiyasini boshqaradi”, deyilgan xabarda.

Misr ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, cho‘kib ketgan yaxtada 13 mamlakat, Misr, Germaniya, Ispaniya, Belgiya, Xitoy, AQSH, Slovakiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Polsha, Norvegiya, Irlandiya va Finlyandiya fuqarolari bo‘lgan.

Kema 24 noyabrda dengizga chiqqan va 29 noyabrda Xurgadaga to‘xtashi kerak bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya qirg‘oqlari yaqinida Buyuk Britaniya tomon La-Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tayotgan qayiq halokatga uchrab, bortdagi taxminan 70 kishidan kamida 12 nafari vafot etgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Misr sayyoh Qizil dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing