Husiylar Isroil markazidagi Yavne shahriga hujum uyushtirdi

Olam

image

Yaman husiylari Isroil markazida joylashgan Yavne shahriga hujum qildi. Bu haqda husiylar tomonidan tuzilgan qurolli kuchlar vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.

“Yaman qurolli kuchlari bosib olingan Falastinning Ashdod yaqinida joylashgan Yavne shahrida Isroilning nozik nishoniga uchuvchisiz samolyot bilan hujum qilib, harbiy amaliyot o‘tkazdi”, dedi harakat vakili husiylarga tegishli “Al Masirah” telekanalida.

Sariyaning ta’kidlashicha, uchuvchisiz samolyot “maqsadiga muvaffaqiyatli erishgan”. 

SAXAL Galey radiosi uchuvchisiz samolyot Yavne hududida qulagani haqida xabar bergan. Isroil havo hujumidan mudofaa tizimlari buni aniqlay olmadi va shuning uchun hech qanday tutib olishga urinishlar amalga oshirilmadi. N12 telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, dron ko‘p qavatli binoga borib urilgan.

G‘azo sektoridagi mojaro avj olgandan so‘ng, husiylar Isroilni o‘qqa tutishi va Falastin anklavidagi operatsiya to‘xtatilmaguncha unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasligi haqida ogohlantirgan. O‘tgan yilning noyabr oyidan beri husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida fuqarolik kemalariga hujum qilgan.

Husiylarning harakatlariga javoban Amerika rasmiylari Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish maqsadida xalqaro koalitsiya tuzilgani va “Gardian of Prosperity” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Keyinchalik Buyuk Britaniya va AQSH qurolli kuchlari Yamanning turli viloyatlaridagi husiylarning harbiy nishonlariga muntazam zarba bera boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni Yamanning husiylar harakati raketa va dronlar bilan Arab dengizida AQSHning “Avraam Linkoln” aviatashuvchi kemasiga, shuningdek, Qizil dengizdagi AQSHning ikkita esminetsiga hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Husiylar Yavne

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing