Husiylar yetakchisi Isroilga “katta syurpriz” va’da qildi 

Olam

image

Yaman husiylari yetakchisi Abdulmalik al-Husiy Isroilni ayanchli hodisalar kutayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda Eronning “Mehr” agentligi xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Abdulmalik al-Husiy mintaqadagi so‘nggi o‘zgarishlar, ayniqsa G‘azo sektorida davom etayotgan urush va G‘arbiy Sohildagi Isroil operatsiyalari haqida ma’ruza qilib, unda yahudiy davlatiga javob berish uchun tayyorgarlik qizg‘in ketayotganini bildirgan.

“G‘azo sektoridagi voqealar va uning G‘arbiy Sohilga kengayishi – sionistik dushmanning asl mohiyatini yana bir bor ko‘rsatgan ishonchli dalildir. Sionistik rejim jinoyatlarining davom etishi va falastinliklarni genotsid qilish insoniyat uchun sharmandalikdir”, degan u.

Shuningdek, u G‘azo sektori shimolidagi masjidda Isroil kuchlari tomonidan Qur’oni Karimning tahqirlanishini tilga olgan. Husiylar yetakchisi G‘azo sektoridagi Falastin xalqi ochlikdan aziyat chekayotganini ta’kidladi.

"Jamoatchilikni aldash uchun G‘arb hukumatlari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini da’vo qilmoqda, ammo uning yolg‘onligi aniq", degan u. 

Yaman Qurolli kuchlari harbiy salohiyatini oshirishda davom etishini ta’kidlab, Isroilni og‘ir hodisalar kutayotganidan ogohlantirdi.

Shuningdek, al-Husiy HAMAS siyosiy byurosining sobiq rahbari Ismoil Xoniyaning halok bo‘lishiga munosabati aniq ekanini aytib, Isroilga javob zarbasi uchun tayyorgarlik davom etayotgani va bu kutilmaganda amalga oshirilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq husiylar Tel-Avivdagi nishonga zarba bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made