Husiylar Qizil dengizda yana bir kemaga hujum qildi

Olam

image

Norvegiyaning “Strinda” savdo kemasi Qizil dengizda Yamandagi husiylarning hujumiga uchradi. Bu haqda xususiy razvedka kompaniyalariga tayanib, “Associated Press” xabar berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Strinda” kemasida neft va kimyoviy moddalar tashilgan va u Suvaysh kanali tomon yo‘l olgan.

ABC televideniyesi Amerika rasmiylaridagi manbaga tayanib, kema Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududdan uchirilgan qanotli raketa bilan urilgani haqida xabar bergan. Zarba oqibatida “Strinda”da yong‘in chiqqan, biroq qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. 

Amerikaning USS Mason esminetsi avariya signalini olgan va Norvegiya tankeriga yaqinlashgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaman husiylari Qizil dengizda Isroil yuk kemasini qo‘lga olib, Yaman qirg‘oqlariga tortib olib ketgan. Isroil mudofaa kuchlari musodarani "global miqyosdagi hodisa" deb atagan. Keyinchalik Yaman qirg‘oqlarida Isroilning Zodiac Maritime kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “Central Park” tankeri qo‘lga olingandi. AQSHning USS Mason esminetsi noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragan "Central Park" kemasining favqulodda chaqiruviga javob qaytargan. Shundan so‘ng Yamandan USS Mason esminetsi tomon ikki ballistik raketa uchirildi.  Dekabr oyida husiylar Isroilning Unity Explorer va Number Nine nomli ikkita kemasiga hujum qilgan. Ilgari husiylar faqat Isroil bilan bog‘liq kemalarga tahdidlarni e’lon qilgan. Biroq, hozircha “Strinda”ning  Isroilga aloqasi haqida ma’lumotlar tarqalmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Norvegiya Yaman husiylar Qizil dengiz Strinda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing