Husiylar Isroil Mudofaa vazirligi binosiga zarba berdi
Olam
−
18 yanvar
3896Yaman shimolidagi husiylar harakati G‘azo sektorida sulh bitimi kuchga kirishi arafasida Tel-Avivdagi Isroil Mudofaa vazirligi binosiga yangi hujum uyushtirdi. Bu haqda guruh rahbariyati “Al-Masirah” telekanaliga ma’lum qildi.
"Biz yuqori sifatli harbiy operatsiyani amalga oshirib, dushmanning Mudofaa vazirligi deb atalgan hududiga raketa hujumini uyushtirdik. Zulfiqor raketasi nishonga yuqori aniqlik bilan yetib keldi va tutib olish tizimlari unga qarshilik ko‘rsata olmadi", degan guruh harbiy matbuot kotibi Yahyo Sariya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, husiylar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar buzilgan taqdirda “tegishli harbiy choralar ko‘rish” uchun o‘z harakatlarini Falastin qarshiliklari bilan muvofiqlashtiradi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Ma’lumot uchun, Mudofaa vazirligi Tel-Aviv markazidagi SAXAL shtab-kvartirasida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni Isroil Yamanning husiylar nazoratidagi poytaxti Sano shahridagi elektr stansiyalari va portlariga havo hujumi uyushtirgandi. Hujum oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi yaralangan. Husiylarga tegishli “Al-Masirah” telekanali 10 yanvar kuni havo hujumlari g‘arbiy Ras-Iso va Xodeyda portlari, Sano yaqinidagi Hizyaz markaziy elektr stansiyasi va Amron viloyatining Harf Sufyon tumaniga berilganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar