Husiylar Britaniya neft tankeriga muvaffaqiyatli zarba berganini e’lon qildi

Olam

image

Yamandagi isyonchi husiylar harakati Qizil dengizda Britaniyaning Pollux neft tankeriga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.

"Yaman harbiy-dengiz kuchlari Qizil dengizda Britaniyaning Pollux neft tankeriga qarshi operatsiya o‘tkazdi va unga ko‘p sonli kemalarga qarshi raketalar bilan zarba berdi. Nishonga olish muvaffaqiyatli yakunlandi", deydi  "Al Masirah" telekanaliga bergan ma’lumotida.

"Marine Traffic" kema kuzatuv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Panama bayrog‘i ostidagi neft tankeri Suvaysh kanalining janubiy langaridan Hindistonning Paradip portiga suzib ketayotgan bo‘lgan. Kema oxirgi marta 12 fevral kuni Qizil dengizning shimoliy qismidan joylashuvi haqida signal bergan.

G‘azo sektoridagi mojaro avj olganidan so‘ng, husiylar Isroil hududiga hujumlar uyushtirishi va unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasligi haqida ogohlantirdi. O‘tgan yilning noyabr oyi o‘rtalaridan boshlab harakat jangarilari Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida o‘nlab Isroilga aloqador kemalarni nishonga olgan.

Bunga javoban Amerika rasmiylari xalqaro koalitsiya tuzib, Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish maqsadida "Prosperity Guardian" operatsiyasini boshladi. 12 yanvar kuni Britaniya va AQSH Kurolli kuchlari samolyotlar, kemalar va suvosti kemalaridan foydalangan holda Yaman shaharlariga birinchi zarbalarini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

raketa hujumi husiylar Qizil dengiz Britaniya tankeri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing