Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Sport

image

Kecha, 22 mart kuni Londondagi “Uembli” stadionida “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasida Angliya Liga kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Gvardiola boshchiligidagi shaharliklar 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. O‘yin taqdiri ikkinchi bo‘limdagi gollar evaziga hal bo‘ldi. Bahsning 60 va 64-daqiqalarida jamoaning yosh yulduzi Niko O’Rayli dublni rasmiylashtirib, raqib mudofaasini dog‘da qoldirdi. Shu tariqa, Husanovning jamoasi o‘z tarixida 9 marta ushbu kubokni boshi uzra ko‘tardi.

Ushbu finalda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. U markaziy himoyada ishonchli va intizomli o‘yin namoyish etib, jamoa g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

“SofaScore” platformasi Husanovga 7.0, “FlashScore” 6.6, “WhoScored” 7.01 va “FotMob” 7.4 ball qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov Niko O’Rayli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing