Husanovning bugungi o‘yinidan xursandman – Gvardiola
Sport
−
16 fevral 16312 1 daqiqa
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda Husanovning harakatlari haqida gapirdi. Bu haqda u uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“O‘yinni ko‘ra turib, biz qanday salohiyatga ega ekanligimizni bilib oldik. Mavsum davomida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘z darajamizni saqlab qolishga harakat qildik. Husanov va Niko bugun juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, Abduqodirning o‘yinidan mamnunman”, deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 fevral kuni APL 25-turi doirasida “Manchester Siti” o‘z uyida “Nyukasl”ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.