Husanovga yana 3 ta Angliya klubi qiziqish bildirmoqda
Sport
−
25 Oktabr 2024 18482 1 daqiqa
“Lans” klubining o‘zbekistonlik futbolchisini Angliyaning bir qator klublari o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda “Daily football” nashri xabar berdi.
Dastlab futbolchiga Londonning “Arsenal” klubidan qiziqsh borligi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Hozirga kelib esa 20 yoshli himoyachiga “Nyukasl”, “Everton” va “Chelsi”dan ham qiziqish bo‘layotgani aytilmoqda.
Ayniqsa “aristokratlar”ning o‘zbekistonlik futbolchiga og‘iz solayotgani haqida bir necha ingliz nashrlari bong urmoqda.
Husanov “Lans” tizimida jami 63 marta maydonga tushib, 4 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. Transfer narxi 5 million yevroni tashkil etuvchi futbolchining Fransiya klubi bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da’vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025