Husanov jamoaga yaxshi ta’sir ko‘rsatdi – Gvardiola

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qishki transferlar oynasida xarid qilingan futbolchilar haqida gapirdi. Bu haqda u ertaga, 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Tottenxem”ga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Vaqt kam ekanligini hisobga olmaganda, qishda jamoaga kelib qo‘shilgan futbolchilar tezda kirishib ketdi. Ayniqsa, Abduqodir Husanov, u klub muhitiga tez moslashib ketdi. Husanov “Chelsi”, “Leyton Oriyent”, “Nyukasl”, “Real” va “Liverpul”ga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. U qayerdan kelganini hisobga olsak, mashg‘ulotlar grafigi uning uchun qiyin va qattiq bo‘ldi. Ingliz tilida yaxshi gapira olmasligi sabab unga muloqot yetishmadi. Biroq uning ta’siri rosmana sezildi”, deydi Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 23 fevral kuni Husanov “Manchester Siti” safida “Liverpul”ga qarshi maydonga tushgan va “Sofascore” tomonidan 7.2 ballga loyiq ko‘rilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing