Husanov yosh bo‘lishiga qaramay, kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda – Diash
Sport
−
13 mart 2025 4753 1 daqiqa
“Manchester Siti” klubi himoyachisi Ruben Diash o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov yosh bo‘lishiga qaramasdan juda kuchli o‘yin namoyish etayotganini aytdi.
“Husanov hali yosh, ammo u juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. “Nottingem”ga qarshi bahsda ham u ajoyib harakat qildi”, deydi Diash.
Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov joriy mavsumda “shaharliklar” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Husanov fevral oyida “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U bu sovrin uchun kurashda hujumchi Erling Xoland va himoyachi Yoshko Gvardioldan ustun keldi. Ovoz berish jarayonida Husanov 64 mingdan ziyod ovoz to‘pladi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28