Rasman. Husanov “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Siti” klubining o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov klubda fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli himoyachi fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U bu borada Yoshko Gvardiol va Erling Xoland kabi futbolchilardan ustun keldi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha kun davom etgan so‘rovnomada Abduqodir Husanov 64 mingdan ziyod ovoz to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Roma”da oy futbolchisi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing