Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda “Manchester Siti” “Liverpul”ga mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
23 fevral 11297 1 daqiqa
APL 26-turining markaziy o‘yini doirasida “Manchester Siti” o‘z uyida “Liverpul”ni qabul qilib, 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
“Etihad”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda dastlab, 14-daqiqada mehmonlar futbolchisi Muhammad Saloh “Liverpul”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Hisobni ochib olgan “mersisaydliklar” 37-daqiqada Dominik Soboslaining goli evaziga oradagi farqni 2 taga oshirdi. O‘yin yakuniga qadar mazkur hisob o‘zgarmadi va Gvardiola shogirdlari chempionlik poygasidan chiqib ketdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Arne Slot shogirdlari APL turnir jadvalida ochkolar sonini 64 taga yetkazgan holda yakkapeshqadamga aylandi. Klub yaqin ta’qibchisi “Arsenal”dan 11 ochko ilgarilab ketdi. “Manchester Siti” esa mag‘lubiyatdan keyin ochkolari 44 taligicha qoldi va 4-o‘rindan joy oldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr