Husanov “Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin
Sport
−
28 fevral 2025 5068 1 daqiqa
“Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov jamoasi safida oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Husanovdan tashqari fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Erling Xoland va Yoshko Gvardiol da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va himoyadagi ishonchli harakatlari bilan ajralib turdi. Ketma-ket 3 ta o‘yinda jamoasi safida asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rimning “Roma” klubida to‘p tepayotgan Eldor Shomurodov klubi safida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani xabar qilingandi.