Husanov “oyning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qabul qilib oldi (video)
Sport
−
08 mart 12543 1 daqiqa
O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov “oyning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qabul qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, sovrinni olish jarayonida Husanov bir qancha savollarga javob berib o‘tdi.
- – Manchesterliklardan o‘rgangan eng yaxshi iborang?
- – “I'm buzzing” (Zavqlanyapman, energiyaga to‘lyapman”).
- – Eng yoqtirgan taoming?
- – Osh, shashlik.
- – Klubdagi eng yaqin do‘sting kim?
- – Vitor Reys.
- – Manchester shahridagi eng yaxshi joy?
- – “Etihad” stadioni, deya javob beradi Husanov.
Ma’lumot o‘rnida, Husanov ushbu sovrinni qo‘lga kiritishda himoyachi Yoshko Gvardiol va hujumchi Erling Xolanddan ustun kelgan. Futbolchi ovoz berish jarayonida 64 mingdan ziyod ovoz to‘plagan.