Husanov “Oltin to‘p”ni yutishi mumkin – Ashurmatov
Sport
−
17 iyun 5823 2 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustamjon Ashurmatov terma jamoadagi sherigi, “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovni kelajakda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkinlini aytib o‘tdi. Bu haqda Ashurmatov “Sport-Ekspress” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Husanovning o‘sishidan hayratlanganim yo‘q. Chunki men uni “Bunyodkor” asosiy jamoasida o‘ynayotgan paytimdan bilaman, u esa akademiyada tahsil olardi. O‘shanda uning kelajagi bunday bo‘lishini tasavvur qilmaganman, ammo hozirgi natijalariga hayron emasman. Eng muhimi, uning salohiyati bundan ham yuqori. Men unga Angliyada, Yevropada va dunyoda eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lishini tilayman”, deydi Ashurmatov.
Shuningdek, Rustam Abduqodirni hali yana o‘sishga qodir ekanligini va kelajakda “Oltin to‘p”ni ham yutishi mumkinligini ham aytib o‘tgan.
“Albatta, hozir ko‘rib turganimiz uning eng yuqori nuqtasi emas. U hatto “Oltin to‘p”ni ham yutishi mumkin. Men unga “Manchester Siti”ga o‘tishidan avval ham, “Lans”da o‘ynagan paytida ham qattiq ishonganman. U Fransiyada juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi”, deydi futbolchi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini ertaga, 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 7:00 Meksikadagi “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yin munosabati bilan ertaga barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10:00 da boshlanishi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust