Husanov maydonga tushmagan o‘yinda “Man Siti” 5 ta gol o‘tkazib yubordi

Sport

image

Bugun, 2 fevral  kuni APL 24-turi doirasida “Arsenal” mehmoni bo‘lgan “Manchester Siti” yirik 5:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Edegor hisobni ochdi. 55-daqiqada Xoland muvozanatni tikladi. Shundan keyin mezbonlardan Parti, Lyuis-Skelli, Xavers va Nvaneri gol urib, jamoasining yirik 5:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. 

O‘yinda “shaharliklar” safida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. 

Shu tariqa, londonliklar ochkolar sonini 50 taga yetkazib yetakchi “Liverpul” bilan farq 6 ochkoligicha qolmoqda. “Manchester Siti” esa 41 ochko bilan 4-o‘rinda qoladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Arsenal Manchester Siti Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing