Husanov Fransiyada oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Sport
−
07 noyabr
4923Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda chempionat matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan haftada 1-liga divizioni rasmiy saytida oyning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi va Abduqodir Husanov kuchli uchlikdan joy oldi.
G‘olibni aniqlash uchun Fransiya chempionatining X'dagi rasmiy sahifasida ovoz berish o‘tkazildi va natijada Abduqodir Husanov eng ko‘p ovoz to‘plab, oktyabr oyidagi Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. Bu borada u “Marsel”ning 21 yoshli hujumchisi Jonatan Rou va “Lion”ning 19 yoshli hujumchisi Malik Fofanani ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Husanov klub safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. PSJga qarshi so‘nggi o‘yinda (0:1) u Ashraf Hakimiga qo‘pol o‘ynagani uchun maydondan chetlatilib, 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov “Lans” klubining ham oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi