Husanov bugun “Manchester Siti” tarkibida YeCHLda debyut qilishi mumkin
Sport
−
19 fevral
5420Yevropa Chempionlar ligasi pley-offi javob o‘yinidan o‘rin olgan yana bir bahs 20 fevralga o‘tar kechasi Madridda bo‘lib o‘tadi. “Real Madrid” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.
Dastlabki uchrashuv
Ushbu raqiblar ilk o‘yinda Manchester shahrida to‘qnash keldi va “Real Madrid” qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida Bellingemning gol evaziga “Manchester Siti”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Dastlab, “shaharliklar” safida Erling Xoland hisobni ochdi. Ikkinchi taymning 60-daqiqasida Mbappe hisobni tenglashtirdi. Mezbonlar hujumchisi Xoland 80-daqiqada yana bir bor jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Braim Dias hisobni tenglashtirdi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Jud Bellingem so‘nggi daqiqalarda so‘nggi nuqtani qo‘ydi, 3:2. Ushbu g‘alabadan keyin madridliklarning imkoniyati keskin oshib ketdi. Hattoki, “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini 1 foizga tengligini aytgandi. Unga javoban Karlo Anchelotti esa jamoasini qiyin o‘yin kutib turganligini va xotirjamlikka berilmaslik kerakligini ta’kidladi.
Husanovning asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli
Gvardiola jamoasi Madrid klubiga qarshi o‘yindan oldin tarkibda jiddiy yo‘qotishlarga uchradi. “Shaharliklar” himoyachisi Manuel Akanji himoyachisi kutilmaganda jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Shu sababdan Gvardiola tarkibda rotatsiya qilishga majbur va markaziy himoyada Akanjining o‘rniga asosiy tarkibda maydonga tushishga bosh nomzod o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov bo‘lib turibdi. Chunki u APL doirasida “Nyuyukasl”ga qarshi namoyish etgan o‘yini orqali buni isbotlab qo‘ydi. Shuningdek, Pep Husanovni yangi pozitsiyada, ya’ni o‘ng qanot himoyasida sinab ko‘rish haqida hali bir to‘xtamga kelmaganini aytib o‘tgandi.
Taxminiy tarkiblar
Odatga muvofiq bir qancha nashrlar “Real Madrid” - “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yin uchun o‘z talqini bo‘yicha taxminiy tarkiblarni e’lon qildi. Dastlab, “Sportsmole” nashrining taxminiy tarkibi.
“Manchester Siti”: Ederson, Nunes, Diash, Ake, Gvardiol, Niko, Savino, Bernardu, De Bryuyne, Marmush, Xoland.
“Real Madrid”: Kurtua, Valvede, Asensio, Ryudiger, Mendi, Kamavinga, Chuameni, Bellingem, Rodrigo, Vinisius, Mbappe.
“Opta” talqiniga ko‘ra, taxminiy tarkib.
“Manchester Siti”: Ederson, Lyuis, Diash, Ake, Gvardiol, Gyundogan, Niko, Savino, De Bryuyne, Foden, Marmush.
“Real Madrid”: Kurtua, Valverde, Asensio, Chuameni, Mendi, Sebalos, Kamavinga, Bellingem, Rodrigo, Vinisius, Mbappe.
“Sporting News” talqiniga ko‘ra, taxminiy tarkib.
“Manchester Siti”: Ederson, Husanov, Ake, Diash, Ake, Gvardiol, Stounz, Niko, Savino, Foden, Marmush, Xoland.
“Real Madrid”: Kurtua, Valverde, Chuameni, Asensio, Mendi, Sebalos, Kamavinga, Bellingem, Rodrigo, Vinisius, Mbappe.
Uchta nashrdan bittasi, ya’ni “Sporting News” o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni asosiy tarkibda taxmin qilmoqda. Yana o‘ng qanot himoyasida. Hatto Gvardiola bir to‘xtamga kelmagan pozitsiyada Husanovni taxminiy tarkibga kiritdi. Albatta, yakuniy qarorni murabbiyning o‘zi chiqaradi va ommaga taqdim etadi.
LiveBarchasi