Husanov “Arsenal”ga qarshi o‘yinni zaxirada boshlaydi
Sport
−
02 fevral 8325 1 daqiqa
APL 24-turi doirasida “Manchester Siti”ning “Arsenal”ga qarshi o‘yini uchun asosiy tarkibda to‘p tepadigan futbolchilar e’lon qilindi.
O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi. U ikkinchi taymda maydonga tushishi mumkin.
“Arsenal”: Rayya, Timber, Saliba, Gabriyel, Lyuis Kelli, Parti, Rays, Edegor, Martinelli, Trossard, Xavers.
“Manchester Siti”: Ederson, Nunes, Akanji, Stounz, Gvardiol, Kovachich, Bernardu, Savino, Marmush, Foden, Xoland.
Ma’lumot o‘rnida, bahs bugun, 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.
Live
Barchasi