“Humo arena” muz saroyi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin

Sport

image

Toshkentda “Humo arena” ko‘p tarmoqli muz saroyining barpo etilishi eng yirik sport musobaqalarini qabul qilish imkoniyatini yaratmoqda. Ushbu arenada ko‘plab sport turlarida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish mumkin.

O‘zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va ularni aholi orasida yanada ommalashtirish maqsadida qator istiqbolli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston 2022 yili figurali uchish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatini qabul qilish niyatida. Bu borada Xalqaro konkichilar ittifoqiga rasmiy ariza topshirilgan va O‘zbekiston bu borada ayni paytda yakka da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Musobaqa 2022 yilning 7-13 mart kunlari “Humo arena” muz saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ jahon chempionati Humo arena figurali uchish

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing