“Humo Arena”da “svet” yo‘q. O‘yinlar boshqa joyga ko‘chirilyapti

Jamiyat

image

Toshkentdagi “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinida elektr kabelidan chiqqan yong‘in oqibatida “Humo Arena” majmuasi elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qoldi. Bu haqda "Humo" xokkey klubi xodimi Malika Isakova ma’lum qildi.

“Humo Arena”da “svet” yo‘qligi sababli 29 va 30 noyabr kunlari majmuada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Humo" hamda "Nomad" xokkey klublarining o‘yinlari shu kunlari soat 19:30 da “Alpomish” muz majmuasiga ko‘chirilgan.

Malika Isakovaning bildirishicha, bu kundagi “Humo Arena”dagi o‘yinlar uchun olingan chiptalar “Alpomish” muz majmuasida ham amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmonavtlar” metro bekatiga yaqin hududda yerostidan tutun chiqayotgani va atrofni qoplab olgani aks etgan videolar tarqalgandi. Unga nisbatan berilayotgan izohlarda esa metro bekatida yong‘in chiqqani aytilgandi. Biroq bu tasdig‘ini topmadi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yong‘inga “Sayilgoh” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i shikastlangani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

xokkey Humo Arena

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing