Hukumat tuzilmasida o‘zgarish: 4 lavozim tugatilib, 3 ta joriy qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:

a) quyidagilar:

•    O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri lavozimi;

•    O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi;

•    O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi;

•    O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri maslahatchisi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi lavozimi;

•    Davlat aktivlarini boshqarish, sanoatni va raqobatni rivojlantirish masalalari kotibiyati;

•    Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari kotibiyati;

•    Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari kotibiyati;

•    Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDYO organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati tugatildi;

b) quyidagilar:

•    O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - iqtisodiyot va sanoat vaziri;

•    O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

•    O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlari kiritildi.

v) quyidagilar:

•    Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati etib qayta tashkil qilindi va uning tarkibida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari sho‘’basi tashkil etildi;

•    Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati etib qayta tashkil qilindi va uning tarkibida Kambag‘allikni qisqartirish va aholining daromadlarini oshirish bo‘limi tashkil etildi;

•    Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati tashkil etildi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida yangi bo‘linmalarni tashkil etish boshqaruv xodimlarining amaldagi umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing