Hukumat migrantlarga doir Qonun ishlab chiqadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihada keltirilishicha, O‘zbekistonda “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida” Qonun ishlab chiqilishi ko‘zda tutilyapti.

Qonun loyihasida:

•  bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, norasmiy mehnat migratsiyasidan foydalanishning oldini olishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi normalar;

•  ishning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra, xorijiy davlatlar va vakolatli tashkilotlar bilan bitimlarni tuzish va bekor qilishning soddalashtirilgan tartibi, fuqarolar manfaatlarini ifodalaydigan qoidalar;

•  xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilish va mehnat migratsiyasi munosabatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga soluvchi normalar nazarda tutiladi.

Mas’ul ijrochilar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashki ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 30 avgust, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 30 sentyabr.


Maqola muallifi

Teglar

qarori loyihasi migrantlar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing