Hukumat qarori: sholichilik klasterlari tashkil etiladi
Jamiyat
−
12 dekabr 2019
4895Bugun, 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sholichilikni barqaror rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil hosilidan boshlab sholichilik klasterlari tashkil etiladi.
Bunda, klasterlar birinchi navbatda, iqtisodiy jihatdan barqaror, zarur infratuzilma ob’ektlari, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lgan mahalliy investorlar tomonidan tashkil etiladi.
Klasterlar sholi yetishtirish yoki uni shartnoma asosida sotib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorga yetkazib berishni ta’minlaydi.
Sholichilik klasterlariga belgilangan tartibda 30 yildan 50 yilgacha muddatga yer ajratiladi.
Klasterlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga Prezidentning 2019 yil 17 iyundagi Farmonida, 22 avgustdagi va 4 apreldagi qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Qaror bilan “O‘zbeksholichilik” uyushmasi tashkil etildi va uyushmaning asosiy vazifalari belgilandi.
Jumladan, uyushma respublikada sholi yetishtirish hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘radi, mahsulotni sotish bozorini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlari olib boradi.
LiveBarchasi