Hukumat qarori - Ipoteka-bank xususiylashtiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini o‘zgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, Ipoteka-bank faoliyatining mustaqilligini ta’minlash uchun 2020 yil oxirigacha quyidagilar amalga oshiriladi:

•    bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zoligiga ko‘rsatiladigan va tayinlanadigan nomzodlarni davlat organlari hamda ularning rahbarlari bilan kelishish tartibi Ipoteka-bankka tatbiq etilmaydi;
•    bank kuzatuv kengashining yangi tarkibi davlat organlari rahbarlarining ishtirokisiz shakllantiriladi va mustaqil direktorlar soni 5 nafarga yetkaziladi hamda Ipoteka-bank kuzatuv kengashi raisi mustaqil direktorlar orasidan saylanadi;
•    bank rahbariyati shakllantiriladi va bankning bozor amaliyoti standartlari va ehtiyojlari asosida ijro etuvchi organ a’zolarining mehnatiga haq kuzatuv kengashi tomonidan to‘lanadi;
•    loyihalarni bozor sharoitlaridan kelib chiqib kredit bilan ta’minlash va moliyalashtirish masalalari bo‘yicha qarorlar Ipoteka-bank tomonidan mustaqil qabul qilinadi;
•    Ipoteka-bank mablag‘larini tijorat tashkilotlari ustav kapitallariga investitsiya ajratish uchun bank faoliyatiga xos bo‘lmagan tarzda jalb qilish taqiqlanadi.

Ipoteka-bank ustav kapitalidagi davlat ulushi 2 oy ichida Moliya vazirligiga beg‘araz beriladi.

2022 yil oxirigacha bank ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foizdan kamaytiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Ipoteka-bank

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing