Hukumat qarori bilan Fransiya madaniyat markazi tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kecha, 5 dekabr kuni qabul qilgan “Madaniyat vazirligi huzuridagi Fransiya madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Fransiya madaniyat markazining asosiy vazifalari belgilandi.

Fransiya Respublikasi bilan madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanishiga ko‘maklashish, fransuz tilini, Fransiya Respublikasining madaniyati va tarixini o‘rganishga ko‘maklashish shular jumlasidandir.

Qarorga ko‘ra, Markaz direktori madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Shuningdek, qaror bilan Markazning ustavi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Markaz yuklangan vazifalarni bajarish uchun bir qator funksiyalarni amalga oshiradi.

Jumladan, Markaz negizida ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlari, kurslar va mahorat darslarini tashkil etadi,  ikki mamlakat mutaxassislari uchun stajirovkalar tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori Frantsiya madaniyat markazi

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing