Hukumat ikkita nizomni tasdiqladi
Jamiyat
−
14 fevral 2021
12474O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya va katrografiya hamda davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlovchi vakolatli respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida bevosita Davlat soliq qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Agentlik direktori rahbarlik qiladi.
Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholab boriladi.
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining funksional vazifalarni bajarish, bilim darajasi, ish olib borish bo‘yicha kasbiy qobiliyatlarini test sinovidan o‘tkazish bo‘yicha beriladigan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 50 foizgacha miqdorda maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalarni har yili test sinovidan o‘tkazish asosida qo‘llash tartibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Agentlik boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddat uzluksiz xizmati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar saqlab qolinadi.
LiveBarchasi