Hukumat davlat aktivlarini boshqarish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari a’zoligiga nomzodlarni ko‘rsatish:

ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha – Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan;

ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizgacha bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha – Hukumatning tegishli kotibiyatlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

Davlat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlari, xodimlari bo‘lgan kuzatuv kengashlari a’zolariga bir chorakda eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan ko‘p bo‘lmagan haq to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror davlat aktivlari

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing